Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi töğrisidagi xabar tarqatildi. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Taʼkidlanişiça, mazkur holat vazirlik tomonidan tezkor ravişda örganib çiqildi. Maʼlumki, 2019/2020 öquv yilidan boşlab talabalarga tölovlarni amalga oşirişda qulaylik yaratiş, aholining keng qatlami uçun oliy taʼlimning hammabopligini taʼminlaş maqsadida tölov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil körinişda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.
Universitetda tölov-şartnoma asosida öqiydigan talabalarga stipendiya tayinlaş va berişdagi keçikişlar öz navbatida talabalar tomonidan tölovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oşirilişi bilan boğliq.
Hozirda barça taşkiliy masalalar yakuniga yetkazildi va tölov-şartnoma asosida öqiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya ötkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – duşanba kunidan tarqatilişi maʼlum qilindi.
“Hurmatli talabalar, Siz tahsil oladigan oliy taʼlim muassasasida ham stipendiya tayinlaş va tölaş bilan boğliq muammolar mavjud bölsa, marhamat, izohlarda yozib qoldiring.
Vazirlik talabalar, ularning ota-onalari va keng jamoatçilik vakillari – barça bilan muloqot qilişga doim tayyor”, deyiladi bayonotda.









