Vadim Abramov mağlubiyatda futbolçilar va muxlislarni sabab qilib körsatdi

Vadim Abramov mağlubiyatda futbolçilar va muxlislarni sabab qilib körsatdi

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Vadim Abramov JÇ-2022 saralaşi doirasida Saudiya Arabistonidan uçralgan mağlubiyatga izoh berib ötdi.

— Mağlubiyat uçun butun jamoa nomidan uzr sörayman. Biz ularga bayram qilib bermoqçi edik, ammo futbolda şunaqasi ham uçrab turadi. Endi safarda jang qiliş uçun bizda imkoniyat bölişiga umid qilaman.

Hisobda oldinda borayotgan vaqtimizda futbolçilar hissiyotga berilib ketdi. 2:1 hisobida oldinga ötib olganimizdan söng uzun paslar boşlanib ketdi. Nima uçundir ular hisobni yana-da oşiriş uçun oldinga taşlanişdi.

Tribunadagi muxlislar ham ularni olqişlab, oldinga boşlab turdi. Natijada raqibda imkoniyatlar paydo böldi. Ular bor-yöği uç kişi himoyalanayotgandi, bunday vaqtda aqlni işlatib, tartibli öynaş kerak edi.

Öyinni sovutiş uçun Jaloliddin Maşaripov örniga Odil Hamrobekovni tuşirdim. Raqibning gollari juda ğalati böldi. Birinçi golda penalti, ikkinçisida rikoşet, uçinçisini umuman tuşunib bölmaydi.

Odil Ahmedov himoyada yaxşi öynadi. Hamma gap yarim himoyaçilarda. Biz pressingga haddan ortiq kuç sarflab yubordik. Töpni olib qöydik, ammo tezda yana raqibga topşirib qöydik, — dedi Vadim Abramov öyindan söng ötkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2022 saralaşi doirasida 19 noyabr kuni Falastinga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv «Paxtakor» stadionida bölib ötişi rejalaştirilgan.

×