YPX xodimi alkotester örniga «stakan»ni körsatdi

YPX xodimi alkotester örniga «stakan»ni körsatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «GAI akalarimizdan alkotester innovatsiyasi» sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 10 sentyabr kuni Jizzax şahri hududida tungi xizmatga jalb etilgan YPX inspektorlari tomonidan mast holda transport vositasi boşqarayotgan haydovçilarni aniqlaş borasida reyd tadbirlari ötkazilayotgan vaqtda Jizzax şahar, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh köçasida 5 nafar YPX xodimlari tomonidan «Kobalt» rusumli transport vositasi töxtatilgan va haydovçining spirtli içimlik isteʼmol qilgan yoki qilmaganligini aniqlaş maqsadida YPX inspektori safdor A.Şodmonqulov tomonidan bir marotaba işlatiladigan qoğozdan tayyorlangan stakan körsatilgan.

Uşbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan YPX xodimlarida «Alkotester» vositalaridan foydalanilmayotganligi köplab eʼtirozlarga va munozaralarga sabab bölgan.

«Mazkur holat yuzasidan xodimlar tomonidan alkotester vositasidan foydalanmaganligi uçun barça xodimlarga nisbatan keskin çoralar köriladi.

Maʼlumot örnida, bugungi kunda Jizzax viloyati IIB YHXB 7 dona «Meta» rusumli va 6 dona «Alko Stop 8000S» rusumli alkotester vositalari bilan taʼminlangan», deyiladi maʼlumotda.

×