Husanov eng köp pul topuvçi futbolçilar reytingiga kirdi

Husanov eng köp pul topuvçi futbolçilar reytingiga kirdi

Özbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Mançester Siti” klubi himoyaçisi Abduqodir Husanov JÇ–2026 iştirokçisi bölgan 48 mamlakat futbolçilari orasidagi eng yuqori daromad topuvçi öyinçilar reytingiga kiritildi. Bu haqda “Forbes Sport” naşri xabar berdi.

Husanov mazkur reytingda 38-örinni egallagan va uşbu röyxatdan joy olgan yagona özbekistonlik futbolçi bölgan.

Maʼlumotlarga köra, Husanovning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Şundan 5 million dollari maoş va futbol faoliyatidan tuşadigan daromad bölsa, yana 1,2 million dollar reklama şartnomalari, tijorat loyihalari hamda boşqa manbalar hissasiga töğri keladi.

Naşrning qayd etişiça, futbolçining asosiy hamkorlaridan biri “Puma” hisoblanadi. Şuningdek, 2025 yilda yölga qöyilgan AK45 energetik içimliklar brendi ham uning umumiy daromadini hisoblaşda inobatga olingan.

Reytingda birinçi örinni 280 million dollar yillik daromad bilan Kriştianu Ronaldu egallagan. Ikkinçi poğonadan 130 million dollar bilan Lionel Messi örin olgan bölsa, kuçli uçlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan.


Teglar:
×