«Terrorçilarning maqsadi Özbekistonga ötiş bölgan» – Ekspert

«Terrorçilarning maqsadi Özbekistonga ötiş bölgan» – Ekspert

Xabaringiz bor şu yil 6 noyabr kuni Tojikiston va Özbekiston çegarasidagi “Işqobod” çegara zastavasiga 20 nafar IŞID jangarilari hujum qilgan. Uning natijasida 15 jangari halok bölgan va 5 nafari qölga olingan. Tojikiston tomondan esa 6 nafar şaxs vafot etgan.

Markaziy Osiyo va Xitoyni örganiş markazi jamoat taşkiloti direktori Xudoberdi Xoliqnazarning aytişiça ularning maqsadi Özbekistonga ötiş bölgan. Şuningdek, ekspert jangarilar aynan Toşkentda ŞHT mintaqaviy aksilterrorçilik tuzilmasi yiğilişi arafasida öz hujumlarini amalga oşirganini taʼkidladi.

Uning qöşimça qilişiça, terrorçilar söroq paytida IŞID yetakçisinig yangi rahbariga qilgan qasamyodini ustidan çiqiş uçun ham bu işni qilgan, deb yozadi “Sputnik”.

×