Qizingni nega tiriklay kömasan, nomard?

Qizingni nega tiriklay kömasan, nomard?

Turmuşga çiqadigan qizlarni sepi tufayli moliyaviy yuk sifatida köriş  va şu sababli qizaloqlarning öldirilişi Hindistonda keng tarqalgan johiliyat namunasidir. Yaqinda bir qizaloqni tiriklayin kömmoqçi bölişganida xavfsizlik xizmati xodimlar payqab qolişdi.

Hindistonning Haydarobod şahrida bir qizaloq bobosi tomonidan tiriklayin kömilayotgan paytda politsiya tomonidan qölga olingan. Çaqaloqni davolaş uçun kasalxonaga yotqizilgan.

Jinoyat ustida qölga olingan çaqaloqning bobosi va uning dösti politsiya xodimlariga qizaloqning vafot etganligini, şuning uçun uni kömayotganligini aytgan. Tergov jarayonida politsiya çaqaloq qizning hayot ekanligini aniqladi, ikki gumondor şaxs politsiya tomonidan hibsga olindi. Bolani tibbiy körikdan ötkaziş uçun kasalxonaga yotqizişdi.

Ikki hafta oldin Hindistonning Uttar-Pradeş şahrida yangi tuğilgan çaqaloq tiriklayin kömilgan holda topilgan edi.

Hindistonda qizlarga iqtisodiy yuk sifatida qaraladi. Huquq himoyaçilarining taʼkidlaşiça, anʼanaviy ravişda öğil farzandning yuksak qadrlanişi oqibatida millionlab qiz çaqaloqlarning ona qornida yoki tuğilganidan keyin öldirilgan. Taʼkidlanişiça, qiz farzandga homilador bölgan ayollarni abort qiliş uçun noqonuniy klinikalar mavjud.

×