Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev bugun, 24 noyabr kuni Uçtepa tumani hokimligida yiğiliş ötkazgan.
Qayd etilişiça, hokim baʼzi masʼullarning öz vazifasiga loqayd, masʼuliyatsizlik, yuzaki yondaşiş holatlari hamon mavjud ekanligini keskin tanqid qilgan.
Xususan, bunday holatlar maktablar, jumladan, sinflardagi davomat, taʼlim sifati, bitiruvçilarning oliy öquv yurtlariga kirişidagi past körsatkiçlar, şuningdek, maktabgaça taʼlim, quriliş, mahallalardagi tozalik, kiçik korxonalardagi iş şaroitining talabga javob bermasligi, köçat ekiş jarayonidagi yuzakiçilik, çiqindilarni vaqtida olib çiqib ketilmasligigida aks etgan.
Işda yöl qöygan kamçiliklari uçun tuman hokimining örinbosarlari N. Ismatov, L. Almanov, maktabgaça taʼlim bölimi boşliği N. Xantörayeva, xalq taʼlimi bölimi boşliği Ö. Qurbonov hamda turizm va sport bölimi boşliği B. Nasibaliyev lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimi F. Abdullayevga hayfsan berilgan.









