Mukofotlangan hokim 56 ta qaror bilan 2 ming 390 gektar yerni noqonuniy ajratgan. Ayni şu tumanda bir yarim yil (2021-2022 yillar) içida yer bilan boğliq noqonuniy holatlar böyiça 15 ta jinoiy iş qözğatilgan.
Asaka tuman hokimi birinçi örinbosari, hokim vazifasi bajaruvçisi Oybek Zaynobidinov tuman hokimligi xodimlarini mukofotlaş töğrisidagi farmoyişni imzoladi.
Farmoyişga ilova qilingan xodimlar röyxatida 27 sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgan Asaka tumani hokimi Mansurjon Alixonov ham bor. Sobiq hokim va yana 49 nafar xodimlar «iş haqi fondi hisobidan 2022 yil III çorak yakunlari böyiça oylik iş haqining 50 foizi miqdorida hamda ştatlar jadvalida belgilangan moddiy rağbatlantiriş fondi hisobidan 45 foiz miqdorida mukofotlangan.
Maʼlumot uçun, Mansurjon Alixonov yer munosabatlarini tartibga solişga oid qonunçilik hujjatlariga rioya etmagani va faoliyatida yöl qöygan boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari uçun prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötkazgan tanqidiy yiğilişda lavozimidan ozod etilgandi.









