Arnold Şvartsenegger 250 ming dollar xayriya qildi

Arnold Şvartsenegger 250 ming dollar xayriya qildi

Arnold Şvartsenegger Los-Anjeles köçalarida yaşab kelgan faxriylarni uy bilan taʼminlaş uçun 250 ming dollar xayriya qildi. Los-Anjelesdagi veteranlarga 74 yoşli Şvartseneggerning şaxsan özi 25 ta uyni topşirgan. Kaliforniyaning sobiq gubernatori uşbu uylarni Rojdestvo sovğasi sifatida taqdim etgan.

“Bugun men Rojdestvoni erta nişonladim. Men uysiz faxriylar uçun sovğa qilgan 25 ta uy şu yerda, Los-Anjelesda qad rostladi”, deb yozdi u 23 dekabrʼ kuni öz Twitter sahifasida.

“FOX 11 Los-Anjeles”ga köra, Şvartsenegger 250 000 dollar xayriya pullariga qurilgan uylarni Vetslar qişloğiga taqdim etgan. Har bir uyda issiqlik, elektr, konditsioner va qariyalar uçun barça qulayliklar mavjud.

“Terminator” yulduzi “FOX 11”ga bergan intervyusida u “eng katta Rojdestvo sovğasi” deb taʼriflangan kiçkina uylar haqida hayajonda ekanligini aytdi.

Arnoldning özi ham faxriy hisoblanadi. Sababi u 18 yoşida Avstriya qurolli kuçlarida xizmat qilgan. Ammo bodibilding ustasi namunali askardan ança yiroq edi, şu sabab bir neça bor harbiy qamoqxonaga tuşib qolgan.

×