Joriy yilning 30 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahridagi Hazora mahallasida yetim bolani xurlaşganligi töğrisida video tarqaldi. Mazkur video tarqalganidan söng Samarqand şahri böyiça IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv işlari olib borildi.
Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergovoldi tekşiruv davomida Samarqand şahar Ziyokorlar köçasida yaşovçi 2001 yilda tuğilgan fuqaro U.H. onasini nojöya sözlar bilan haqorat qilib, gaplariga quloq solmasdan, alkogol va tamaki mahsulotlarini istemol qilişga ruju qöygan. Şu sababli U.H.ning onasi qarindoşi 1988 yilda tuğilgan fuqaro I.H.ga öğlini tarbiyalaş va töğri yölga solib qöyişni söragan.
Aniqlanişiça, mazkur video 2019 yilning avgust oyi örtalarida olingag bölib, I.H. qarindoşi U.H.ni Spitamenşox köçasida joylaşgan temirçilik ustaxonasiga olib borib, u yerda ukasi 1997 yilda tuğilgan fuqaro I.I. bilan birgalikda turli jismlar yaʼni, velosiped ğildiragining çarmi va arqon bilan urib döpposlagan.
I.I. özi bilan birgalikda ustaxonada işlovçi 2004 yilda tuğilgan S.B.ga uşbu holatni videotasvirga olişini aytgan.
Mazkur videoni 2019 yilning oktyabr oyida 1983 yilda tuğilgan fuqaro F.K. videotasvirdagi qonunbuzarlarga nisbatan çora körilişi uçun feysbuk ijtimoiy tarmoğida tarqatib yuborgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.









