Frantsiyada tennis töpi hajmidagi döl yoğdi

Frantsiyada tennis töpi hajmidagi döl yoğdi

Frantsiyaning Overn-Rona-Alp hududida momaqaldiroq paytida tennis töpidek keladigan döl yoğdi. TASSning xabar berişiça, hududning turli şaharlaridagi tabiiy hodisa aks etgan yozuvlar yakşanba kuni frantsuz internet foydalanuvçilari tomonidan joylaştirilgan.

Luareda olingan tasvir barça mahalliy axborot vositalarida namoyiş etildi. 9 soniyalik videoda uy hovuzida suvning yuzasiga tez-tez döl donalari tuşayotgani aks etgan.

Keraunos meteorologiya xizmati çaqmoqlar soni böyiça şanba kuni rekord natija qayd etilganini maʼlum qilgan. 6 iyulda 73,7 mingta elektr zarbalari asosan Overn-Rona-Alpda qayd etildi. 

Mamlakatning 20 dan ziyod hududlarida olovrang darajadagi ob-havo xavfi haqida eʼlon qilingandi. Jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. 

Hozirgi vaqtda Frantsiyada momaqaldiroqlar kuzatilmayapti, yuqori xavflilik darajasi esa bekor qilindi

×