Jazoirning şimoliy qismidagi Sahroi Kabir hududida joylaşgan Ayn as-Safra qişloği aholisi noodatiy tabiiy hodisaga guvoh böldi. Qişloq atrofida qor yoğib, odatda oltin rangda tovlanib turadigan sahro qumlari oppoq qor bilan qoplandi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Ayn as-Safra qişloği Sahroi Kabir çöliga kiriş darvozasi sifatida tanilgan hududlardan biri hisoblanadi. Bu yer özining yorqin töq sariq rangli qum tepaliklari bilan maşhur. Biroq, sönggi hafta davomida mintaqada kuçli qor yoğişi natijasida sahro manzarasi butunlay özgargan – oltinrang qum tepaliklarini qalin qor qatlami qoplagan.

Hudud fuqarolaridan biri Abdul Haqning aytişiça, bu manzara juda kam uçraydigan holat hisoblanadi. Uning sözlariga köra, qor yoğişi tufayli sahro manzarasi ğayrioddiy körinişga kirgan va köplab odamlar buni tomoşa qiliş uçun taşqariga çiqmoqda.

Mahalliy aholi bu noodatiy hodisadan zavqlanib, qor bilan qoplangan qum tepaliklari böylab yugurib, ulardan sirpanib tuşib vaqt ötkazmoqda. Ayrimlar esa uşbu noyob manzarani suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ulaşmoqda.
Qayd etilişiça, Ayn as-Safrada oxirgi marta 1979 yilda qor yoqqan.









