Marhamatlik hamşira 400 dollar pora bilan uşlandi

Marhamatlik hamşira 400 dollar pora bilan uşlandi

Bugungi kunda “öqişga kiritib qöyaman”, “uy olib beraman”, “işga joylab qöyaman”, deb odamlarni aldab, köpçilikni çuv tuşirayotgan firibgarlar ham, afsuski, uçrab turibdi. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda firibgarlik yöli bilan birovlarning mulkini qölga kiritiş holatlari köpayib, ularning sodir etiş usullari ham turliça böla boşladi.

Bu kabi holatlarni oldini oliş maqsadida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan bir qator tarğibot tadbirlari, davra suhbatlari ötkazilmoqda. Şunday bölsada hali ham firibgarlarning tuzoğiga tuşib qolayotgan yurtdoşlarimiz uçrab turibdi.

Marhamat tumanida yaşovçi fuqaro Z. R ana şunday insonlardan. U tibbiyot kollejini bitirgaç tuman tibbiyot birlaşmasiga işga kiriş maqsadida ekanligini şu muassasada işlovçi M.Q.ga aytadi. M.Q. esa uning bu istagini amalga oşiriş qiyinligini, rahbarlar orasida özining yaqinlari borligini agar rozi bölsa 400 dollar evaziga gaplaşib berişini aytadi. Z. R. esa bunça puli yöqligini bildirsada, imkon qilsa kelişini mumkinligi böyiça javob oladi.

Hamyurtining harakatlaridan şubhalangan ayol mazkur holat yuzasida tuman içki işlar bölimiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat asosida joriy yilning 13 sentyabr kuni tezkor tadbir ötkazildi.

Natijada özini Marhamat tumani, tibbiyot birlmaşmasiga qaraşli tez yordam bölimi hamşirasi deb taniştirgan M.Q. 400 AQŞ dollarini olgan vaqtda uşlandi.

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan M.Kurbonovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblov eʼlon qilingan va tegişli sud muxokamasiga yuborilgan.

×