Yuk maşinasidan topilgan 39 jasad borasida yangi maʼlumotlar aniqlandi (video)

Yuk maşinasidan topilgan 39 jasad borasida yangi maʼlumotlar aniqlandi (video)

Britaniyaning Esseks grafligida yuk maşinasida halok bölgan odamlar jon berişlari oldidan öz qarindoşlari bilan boğlanişga uringanlar, deb yozmoqda Sputnik naşri.

Öttiz töqqiz jasad ortilgan yuk maşinasi politsiya tomonidan Angliya şarqida aniqlangan edi. Maşina Greys şaharçasidagi sanoat zonasida töxtagan bölgan. Yuk maşinasi Angliyaga Bolgariyadan 19 oktyabr kuni kirib kelgan. Keyin maʼlum bölişiça, halok bölganlar Xitoy fuqarolari ekanligi aniqlangan. Odamlar kuzovning muzlatkiç qismida qoldirilgan. U yerda havo harorati -25 darajani taşkil qilgan.

Naşr yozişiça, OAVlarda halok bölganlar orasida vetnamliklar bölişi mumkinligi haqida xabar tarqalgan. 26 yaşar Fam Txi Tra Mayaning qarindoşlari jurnalistlar bilan boğlanişgan va fojia yuz bergan kunda "Oyijon, meni keçiring. Çet elga safarim öxşamadi. Men sizni va dadamni juda ham yaxşi köraman. Men ölyapman, çunki nafas ololmayapman", degan mazmundagi dahşatli SMS olişganini aytişgan.

Qiz özining oxirgi xabarini seşanba kuni 22:30da — konteyner Belgiyaning Zebryugge şahridan Britaniyaning Purflitiga yetib kelişidan ikki soat oldin yuborgan.

Vetnamlik qizning akasi Fam Txi Ça Mi singlisi Buyuk Britaniyaga yetib oliş uçun 30 ming funt (38 ming dollar) tölaganini maʼlum qilgan.

"U avvaliga Xitoyga uçdi, u yerda ikki kun bölgaç, Frantsiyaga yöl olgan edi. Har bitta davlatdan bizga qönğiroq qilib turdi. Singlim birinçi marta Britaniya çegarasini 19 oktyabr kuni kesib ötişga harakat qilgan, ammo uni tutib olib, ortga qaytarişgan. Bu qaysi portda yuz berganini bilmayman", - deb xabar qilgan erkak.

Yuk maşinasida halok bölganlar orasida 20 yaşar vetnamlik Nguyen Din Luong va 19 yaşar qiz ham bölgan bölişi mumkin. Londondagi Vetnam elçixonasi ularga öz yaqinlarini qidirayotgan bir neçta oila murojaat qilgani töğrisida xabar bergan. Halok bölganlar orasida kamida 10 kişi Vetnam fuqarolari bölişi mumkin degan ehtimollar bor.

Odamlarning ommaviy halok bölişgani işi yuzasidan yuk maşinasi haydovçisi — 25 yaşar şimoliy irlaniyalik Mo Robinson qölga olingan. Sal keyin odam savdosi maqsadida til biriktiriş va qasddan amalga oşirilmagan qotillikda gumonlanib yana ikki nafar erkak va bir ayol qölga olingan.

×