Namanganda janjalni sababini biliş uçun kelgan yigitning özi janjalga aralaşib qoldi

Namanganda janjalni sababini biliş uçun kelgan yigitning özi janjalga aralaşib qoldi

Namangan. 2020 yilning 01 noyabr kuni soat 21:00 larda Yangiqörğon tumani, “Boğ” MFYda yaşovçi 24 yoşli H.A., ukasi 21 yoşli A.A., bilan birgalikda qarindoşi 20 yoşli B.A. va mahalladoşi 21 yoşli J.K., örtasida nima sababdan tortişuv vujudga kelganligini biliş maqsadida 21 yoşli J.K.,ning uyida özaro suhbatlaşib, uni yoqasidan uşlab turgan vaqtida, J.K., yonida bölgan piçoq bilan uning qorin qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada H.A., tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.

Hodisa joyini közdan keçiriş davomida bir dona piçoq va qonga öxşaş qizil doğlar protsessual tartibda aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan fuqaro J.K.,ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×