Vazirlar Mahkamasining «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisida»gi qaroriga asosan, yöl-patrul xizmati inspektorlari bodi-kameradan foydalangan holda işlaşlari belgilangan. Hozirda Toşkentda mobil videokameralarni test rejimida sinovdan ötkaziş işlari amalga oşirilmoqda.
«Sinov davomida kameralar turli ob-havo şaroitlarida va körinişlarda, har xil holatlarda hamda vaziyatlarda işlatib köriladi», — deyiladi IIV axborotida. Qayd etişlariça, sinov tekşiruvlarida aniqlangan kamçiliklar kameralarni işlab çiqaruvçilarga yetkaziladi va bartaraf etiladi. Şuningdek, maʼlumotlarni saqlaş qurilmalari, dasturiy taʼminot ham sinovdan ötkaziladi.
Bodi-kamera bilan işlaş jarayonida xodim yöl harakati qatnaşçisini töxtatganidan keyin uning oldiga borib, özini taniştiradi va lavozimi, unvoni, familiyasi haqida maʼlumot beradi, şuningdek, mobil videokameradan foydalanayotganini maʼlum qiladi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlaş uçun undagi videoyozuvdan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
«Bodi-kameralarning işga tuşirilişi, birinçi navbatda, şu soha vakillari uçun zarur. Çunki kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turiş imkoniyati oşadi. Nazorat kuçaytirilgan joyda esa tartib-intizom böladi. Kameralar esa har bir holatni oşkora körsatib beradi. Şu sababli barça harakat iştirokçilarini Yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilişga çaqiramiz», — deyiladi vazirlik axborotida.









