IIV Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida «Xizb ut-Taxrir» taşkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga çek quyilgani haqida xabar qildi.
16 oktyabr kuni Andijon, Namangan, Farğona viloyatlariida istiqomat qiluvçi Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taʼqiqlangan «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik taşkilotining bir guruh aʼzolari jinoiy faoliyatiga çek qöyildi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.
IIV maʼlumotlariga köra, uşbu şaxslarning aksariyati muqaddam «Xizb ut-Taxrir» diniy-ekstremistik taşkilotiga aʼzo bölganliklari uçun jazo muddatini ötab çiqqan, biroq ular aholi orasida noqonuniy tarğibot olib borib, «Xizb ut-Taxrir» DET ğoyalarini tarqatganlar. Şuningdek, ular ekstremistik ğoyalaridan voz keçgan, muqaddam jazo muddatini ötab çiqqanlarni ham qayta jinoyat sodir etiş yöliga çorlaganlar.
Hibsga olingan şaxslarning yaşaş manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylaştirib olib qöyilgan.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Maʼlumot uçun, «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik taşkiloti 1953 yilda Falastin davlatida Taqiyuddin Nabixoniy tomonidan asos solingan bölib, maqsadi — dastlab musulmon mamlakatlarida, keyinçalik esa butun dunyoda yagona Xalifalik davlatini örnatişdan iborat.
Bugungi kunda uşbu taşkilotning faoliyati Rossiya, Germaniya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston Respublikalari va yana bir qator mamlakatlar hududida taʼqiqlangan.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan «Xizb ut-Taxrir» diniy ekstremistik taşkiloti faoliyati Özbekiston hududida taʼqiqlangan taşkilotlar röyxatiga kiritilgan.









