Odamning hokim bölgisi keladi!
Farğonaga hokim bölgisi kep ketadiyay!
Heç bölmasa biron tumaniga.
Xohlagan odamni çaqirib xohlagança söksang, haqorat qilsang, nafsginang orom olsa – hokimsan-da!
Şunça haqoratlasang ham heç kim ğiring demasa, gap qaytarmasa, yana sökking kelaveradi-da, öz hududingda sultonsan-da!
Kabinetingga kirayotib şerga aylansang, tiling qiçiyversa ayniqsa yiğilişlarda. Sendan yoşmi, kattami, fermermi, öqituvçimi – nima farqi bor, hammasi bir gör, sen – hokim!
Söz boyligingdagi boşqalar köp işlatavermaydigan sözlarni işlatasan – hokimsan-ku!
Örganib qolgansan – ayniqsa öqituvçilarni körsang, luğatingdagi eng «noyob» sözlar yodingga tuşaversa, özingni töxtatolmaysan-da, hokimsan-da!
...devoryapti odam oxirgi paytlar Farğona tomonlardan kelayotgan xabarlarni eşitib.
«Farğona hokimi tungi selektorga çaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok böldi» degan maʼnodagi xabarlarni öqidik internetda, ijtimoiy tarmoqlarda. Danğaradagi ikkita maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari yakşanba kuni viloyat hokimi örinbosari topşiriğini bajariş uçun Farğona şahriga ketayotib yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etganidan xabaringiz bor. Ammo hozir gap bu haqda emas. Gap hokim va öqituvçi, taʼlim tizimi rahbarlari va hokimlar örtasidagi muomala-munosabat hamda Farğonadagi bunday munosabatlar va ularning oqibati haqida.
Xalq taʼlimi vazirligi Nazorat-huquqiy xizmati bergan maʼlumotga köz yugurtirsangiz, farğonalik yana bir sökonğiç hokimni «kaşf etasiz».
«Vazirning Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda «Farğona hokimi tungi selektorga çaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok böldi» sarlavhasi ostida tarqalgan maqola tafsilotlarini örganiş maqsadida Farğona viloyati Danğara tumaniga xizmat safariga borildi. Safar jarayonida tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri Alimardon Abduxoliqoviç Sodiqov bilan suhbat ötkazildi. Undan voqea tafsilotlari haqida söralganda, u sodir bölgan yöl-transport hodisasi haqida tuman xalq taʼlimi bölimi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi şöʼbasi mudiri A.Miraminovdan 2019 yil 29 centyabr kuni soat 21:30larda telefon orqali eşitganini maʼlum qildi.
Bundan taşqari, u tuman hokimi Saidmurod Ğulomqodiroviç Aminjonov hokimlikda ötkaziladigan yiğilişlarda muntazam ravişda uni kamsitib, haqoratlab kelayotgani, 2019 yil 23 sentyabr kuni soat 8-30 da tuman hokimligi majlislar zalida tuman XTB tasarrufidagi maktablar direktorlari va tumandagi boşqa taşkilotlar rahbarlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda ham haqoratlab, kamsitib, «mudirlik senga qolgani yöq» deb sökib haydab çiqarib yuborgani sababli 2019 yil 24 sentyabr kuni viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği M.Turdimatov huzuriga borib, egallab turgan lavozimidan öz xohişiga köra ozod etişni sörab ariza bilan murojaat qilgani va öşa kundan boşlab işga çiqmay kelayotganini, xodimlari YTHga uçraganini eşitib zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 25 va 26-maktablarning MMIBDÖlari vafot etganliklarini bilganini, ularni kömiş bilan boğliq barça tadbirlarda iştirok etgani, xodimlarning Farğona şahriga borişlari yuzasidan topşiriq bergan tuman hokimligi mutasaddilari voqea joyiga kelişmagani, vafot etgan hamda jarohat olganlarning holidan xabar olmaganliklarini maʼlum qildi.
Örganiş jarayonida tumandagi 7 ta maktab direktori bilan ötkazilgan suhbat çoğida tuman hokimi S.Aminjonov maktab direktorlarini har duşanba kuni hokimlik soatiga jalb qilib, yiğilişni tuman xalq taʼlimini muhokama qilişdan boşlab, şu asnoda tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri A.Sodiqovni köpçilikni oldida izza qilişini, arzimagan kamçiliklar uçun haqoratlab, kamsitişini, baʼzida esa maktab rahbarlarini ham kamsitib, ularni ham haqoratlaşini özlarining tuşuntiriş xatlarida maʼlum qilişdi».
Maktab direktorlari safida hokimning turmuş örtoği ham bor ekan...
Böl-böl hokim böl ekan-da devorasiz qoğozga tuşmagan yana qança gaplarni eşitsangiz.
Danğaraning hokimi, umuman hokimlar, öz tiliga hokimlik qilolmayotgan hokimlar! Bir mundoq tevarak-atrofingizga boqsangiz-çi! Odamlar nima deyapti siz haqingizda, Prezident nima deyapti öqituvçilar haqida?
Hokimbovalar!
Farğonalik hokimbovalar!
Siz rollarni almaştirib olgansiz!
Madaniyatli jamiyatda hokim ham, rais ham, hamma-hamma muallimni hurmat qiladi. Har qanday davrada öqituvçini körsa bir huşyor tortadi, u yoq-bu yoğini töğrilab oladi. Birovga tanbeh bersa, öqituvçi tanbeh beradi, birovga nasihat qilsa, pedagog nasihat qiladi. Birovni urişsa, muallim urişadi. Prezidentimizki bugun öqituvçi hurmatini joyiga qöyayotgan ekan, siz ham hurmatingizni biling! Haddingizni biling! Özingizni, tilingizni yiğiştirib oling!
Tahririyatdan: Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi maqolada tilga olingan hodisalarni örganib, tegişliça huquqiy baho beradi degan umiddamiz.
Husan Karvonli









