Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi Kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Özbekistonning «EXPO 2020 Dubay» jahon körgazmasida iştirok etişi muhim voqea ekanligini aytdi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi «EXPO 2020 Dubay» butunjahon körgazmasida iştirok etayotgan Özbekistonning Milliy paviloni madaniy dasturlarining rasmiy hamkori hisoblanadi. «EXPO 2020 Dubay» körgazmasining 6 oylik faoliyati davomida Jamğarma tomonidan bir qator muhim madaniy tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilgan.
Dubaydagi Butunjahon körgazmasi faoliyati davomida Jamğarma Özbekiston Milliy paviloni bilan hamkorlikda mamlakatimizning madaniy va sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surişga qaratilgan qator tadbirlarni taqdim etadi.
«Expo 2020 Dubay» jahon körgazmasi 2022 yil 31 martgaça bölgan davrda butun dunyo böylab 25 millionga yaqin mehmonlarni qabul qilişi rejalaştirilgan.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi Kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva:
«Bugun Özbekiston dunyoga oçiq, ijobiy tajriba orttirişga tayyor hamda öz tajribasi bilan mamnuniyat ila örtoqlaşar ekan, yurtimizning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda samarali tarğib etiş uçun yangi poydevor qöymoqdamiz. 2022 yilda Özbekiston va BAA örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini nişonlaymiz. Bu bizni bir-birimizga işoniş, yangi yutuqlarga ilhomlantiriş, turli darajalarda va sohalarda özaro muloqot qilişni örgatgan uç samarali ön yilliklar edi. Şuning uçun Özbekistonning «EXPO 2020 Dubay» jahon körgazmasida iştirok etişi — bu Birlaşgan Arab Amirliklari-taşkilotçi mamlakat va boşqa iştirokçi mamlakatlar bilan yuqori darajadagi muloqotga qöşimça surʼat baxş etadigan muhim voqeadir».
Expo jahon körgazmasi
Eng zamonaviy texnologiyalarni köriş va yangi dunyo qadriyatlarini örganiş uçun möljallangan «Expo» 1851 yilda Londonda taşkil etilganidan beri, doimiy ravişda yetuk meʼmoriy asarlarni namoyiş etib keladi, pavilonlar esa körgazmaning asosiy eksponatlariga aylanadi. Özbekiston pavilonining ğoyasi, tarixda ilk bor Yaqin Şarq hududida bölib ötayotgan «Expo 2020 Dubay»ning «Aql-idrokni birlaştirib, kelajakni yaratamiz» nomli asosiy mavzusi bilan aks etadi. 191 ta mamlakatlarning saʼy-harakatlarini birlaştiriş va ularning bir xil maydondagi uçraşuvi «EXPO 2020»ga savdo va investitsiya aloqalarini kengaytiriş uçun global platforma nomini, şuningdek, innovatsiya, ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar böyiça hamkorlikni talab qiliş imkonini beradi.
«Expo» jahon körgazmasi har 5 yilda ötkaziladi va dunyodagi eng qadimgi va eng yirik tadbirlardan biridir. Tadbir özining 170 yillik tarixi davomida ixtiro va texnologiyalarni namoyiş etuvçi vitrinaga aylandi. 1873 yilda Vena şahrida bölib ötgan jahon körgazmasida texnik va sanoat yangiliklaridan taşqari, bir qator badiiy mahsulotlar namoyiş etildi. Öşandan beri madaniyat va sanʼat butun dunyo böylab «Expo» dasturining ajralmas hamkorlariga aylandi.









