Rossiya aerokosmik kuçlarining Suriyaning Idlib viloyatiga uyuştirgan aviazarbalari oiibatida Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan islomiy guruhlarning 50 dan ortiq jangarisi öldirildi va önlab odamlar yaralandi. Hujum Rossiya va Turkiya vositaçiligi bilan mart oyida tuzilgan Idlibdagi sulhga tahdid solişi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Aviazarba Turkiyaning Harim qişloği çegarasiga yaqin joylaşgan "Faylak aş-Şom" islomiy guruhining lageriga berilgan. Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriya Inson huquqlarini kuzatiş markazining maʼlumotlariga köra, buning oqibatida 78 kişi halok bölgan.
Taşkilotning taʼkidlaşiça, jarohat olganlarning köpi oğir ahvolda va ölganlar soni köpayişi mumkin.
Havo hujumi Suriya armiyasi mintaqadagi harakatini töxtatib, sulh imzolangandan beri amalga oşirilgan eng qonlisi böldi. Idlib viloyati isyonçilar va jangarilarning Suriyadagi sönggi tayançiga aylandi. Şu paytgaça kelişuv deyarli buzilmagan edi.
Sulh eʼlon qilingandan söng, Turkiya Suriya Prezidenti Başar Asad bilan boğliq kuçlarning har qanday hujumlariga javob beriş huquqini özida saqlab qolişini maʼlum qilgandi.
"Faylaq aş-Şom"ni öz içiga olgan “Milliy ozodlik fronti” 26 oktyabr kuni Rossiya harbiy havo kuçlari pozitsiyalardan biriga zarba berganini, natijada, talafotlarga sabab bölganini tasdiqladi. Qurbonlar soni haqida xabar berilmagan.
Baʼzi tahlilçilar amalga oşirilgan uşbu havo hujumi Moskvaning Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanga ogohlantirişidir, deb hisoblamoqda. Çunki uning qurolli kuçlari Armaniston bilan Toğli Qoraboğ masalasida Ozarbayjonni qöllab-quvvatlamoqda.
Suriya Inson huquqlarini monitoring qiliş markazining maʼlum qilişiça, "Faylaq aş-Şom"ning baʼzi jangarilari Ozarbayjon tomonidagi Toğli Qoraboğda jang qiliş uçun ketgani.

Maʼlumot örnida, uruşga qadar Idlibda olti ming kvadrat kilometr maydonda bir yarim milliondan ozroq aholi istiqomat qilardi. Endilikda ikki baravarga qisqargan hududda (qolgan yarmini Rossiya yordamida Asad qöşinlari egallagan) 3 millionga yaqin kişi, jumladan, bir million nafar bola yaşamoqda.
2018 yil sentyabrda Rossiya, Turkiya va Eron Idlibda öt oçişni töxtatişga kelişib olgandi. Viloyatni Turkiya qöl ostidagi Suriya muxolifati nazorat qilişi rejalaştirilgandi.









