Bugun, 26 iyun kuni 2025/2026-öquv yili uçun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş yakunlandi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.
Qabul yakuniga köra onlayn röyxatdan ötgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni taşkil etgan.
Abituriyentlarning taʼlim tili böyiça taqsimoti:
- Özbek tili – 644 027 nafar;
- Rus tili – 71 476 nafar;
- Qoraqalpoq tili – 14 959 nafar;
- Boşqa tillar – 1 949 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi böyiça taqsimoti:
- erkaklar – 346 299 nafar;
- ayollar – 386 112 nafar.
Eslatma: röyxatdan ötgan abituriyentlar test sinovi uçun tölovni bugun, 26 iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oşirişi mumkin.
Qayd etiş joiz, ötgan öquv yili uçun qabulda oliy taʼlim muassasalari bakalavriati hamda kollej va texnikumlarga 894 279 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötgan. Imtihon natijalariga köra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat taʼlim yönalişlariga talabalikka tavsiya etildi.









