Özbekiston 7 oyda qança sabzi eksport qilindi?

Özbekiston 7 oyda qança sabzi eksport qilindi?

Özbekiston qiymati 7 million dollardan köproq miqdorda sabzi eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga köra, 2021 yilning 7 oyida Özbekiston 10 ta davlatga 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan. Sabzi eksporti 2020 yilning mos davri bilan soliştirilganda 9,2 ming tonnaga oşgan.

Qayd etilişiça, mamlakat sabzi va sabzi mahsulotlarini eng köp eksport qilgan davlatlarga quyidagilar kiradi:

  • Qozoğiston — 28,2 ming tonna;
  • Qirğiziston — 16 ming tonna;
  • Rossiya — 2,9 ming tonna;
  • Tojikiston — 322,5 tonna;
  • Belarus — 10,3 tonna.

Maʼlum qilinişiça, bu davrda xorijga eng köp sabzi eksport qilgan hududlar quyidagilar hisoblanadi:

  • Andijon viloyati — 12,5 ming tonna;
  • Toşkent viloyati — 10,7 ming tonna;
  • Qoraqalpoğiston — 5,9 ming tonna;
  • Farğona viloyati — 4,8 ming tonna.

Avvalroq Özbekistonda sabzi narxi qimmatlaşganiga izoh berilgani va sabzi narxi qaçon arzonlaşişi maʼlum qilingan.

×