AQŞning Florida ştatida Şukronalik kuni munosabati bilan taşkil etilgan tuşlikdan keyin 18 kişi ovqatdan zaharlandi. Ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Voqea 27 noyabr kuni Mayami-Deyd okrugida yuz berdi. Bayramona tuşlik Leon Medical Centres tibbiyot markazi xodimlari uçun taşkil etilgan edi. U Doral şahridagi kompaniyaning boş ofisida ötkazilgan.
Favqulodda xizmatlar çaqirildi
Tuşlikdan köp ötmay ayrim xodimlarda oşqozon-içak tizimi bilan boğliq muammolar paydo böldi. Şundan söng voqea joyiga favqulodda xizmatlar çiqdi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmati hodisani «köplab jabrlanganlar bilan boğliq favqulodda holat» deb baholadi.
Mutaxassislar vaziyatni «birinçi darajali ommaviy talofatlar hodisasi» deb belgiladi. Bunday holatda yaqin atrofdagi şifoxonalardan qöşimça tibbiy yordam talab qilinadi.
Kompaniya nima dedi
Leon Medical Centres hodisa bemorlarga xizmat körsatadigan muassasada emas, boş ofisda yuz berganini maʼlum qildi. Kompaniya bayonotiga köra, tuşlikdan keyin ayrim xodimlarda oşqozon-içak alomatlari paydo bölgan va ularga tibbiy yordam körsatilgan.
Hozir kompaniya ovqat yetkazib bergan taşkilot bilan birga zaharlaniş sababini aniqlamoqda. Jabrlanganlarning ahvoli va alomatlari haqida qöşimça maʼlumot berilmadi.
AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari maʼlumotiga köra, ovqatdan zaharlanişga köpinça salmonella yoki içak tayoqçasi (E. coli) bakteriyalari sabab böladi. Bunda qorin oğriği, iç ketişi, isitma va qusiş kuzatilişi mumkin.
Ilgari ham şunday holatlar bölgan
2016 yilda Nyu-York ştatida Şukronalik kuni ziyofatidan keyin qariyb 300 kişi zaharlangan edi. Öşa yili Kaliforniyada bayramona tuşlik 3 kişining ölimiga sabab böldi, yana 22 kişi oğir ahvolga tuşdi. Tekşiruvlar zaharlanişga Clostridium perfringens bakteriyasi sabab bölganini körsatgan.
Yaqinda Indoneziyada hukumat tarqatgan bepul ovqatdan qariyb 800 kişi zaharlangandi. Floridadagi hodisa sabablari aniq bölgaç, ovqat yetkazib bergan taşkilotga nisbatan xulosalar çiqarilişi kutilmoqda. матн>









