Payariq tumanidagi Çelak şifoxonasi xodimlari örtasida janjal sodir böldi. Tarmoqlarda şifoxona boş şifokorining öğli va kelini ikki hamşirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazişda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat işi oçildi.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi tarmoqlarda Payariq tumani Çelak şifoxonasi xodimlari örtasidagi janjal aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Tarqalgan videolarda şifoxona boş şifokorining şu yerda işlovçi öğli va kelini muassasadagi ikki hamşirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Boşqarmaning maʼlum qilişiça, 2 fevral kuni şifoxonaning rejali xirurgiya bölimida xodimlar örtasidagi özaro kelişmovçilik sabab kelib çiqqan.
Holat yuzasidan viloyat SSB işçi guruhi tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda.
Janjalda tan jarohati yetkazişda gumonlanayotgan A. N.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









