2004 yil yozida uşbu işning tergoviga maxsus maxfiy maqomi berildi - militsiya şahar aholisi orasida vahima qözğaşni xohlamadi, şuning uçun bu yurakni dahşatga soluvçi voqea ommaviy axborot vositalarida yoritilmadi. Ön olti yil avval, men bu iş haqida bir maʼlumotlarni tomçilab töpladim va maʼlumotlarni tezkor hodimlardan bazör "suğurib oldim".
Barçasi iyul oyining oxirida, erta tongda nafaqaxör 4-kiçi dahada axlat konteyneridan dahşatli topilmani topib olganida boşlandi.
"Men axlat tökkani çiqqan edim, içkariga qarab közlarimga işonmadim: platik paketda odamning kuygan boşi yotibdi", - dedi ayol militsionerlarga.
Bir neça daqiqadan söng, köp qavatli uy hovlisi bezovtalangan çumoli uyasiga öxşab qoldi. Mutaxassislar topilmani örganguniça, tergovçilar butun kuçlarini yaqin atrofdagi uylarni örganişga yönaltirdi. Kriminalistlar öşa joyning özida köp ham maʼlumot olişolmadi. "Ölimdan atigi bir neça soat ötdi. Jabrlanuvçi boşi juda ötkir buyum bilan kesilgan", - deya xulosa qilişdi ekspertlar.
Köp ötmay, Oktyabrskiy tumani IIB oğir jinoyatlarni foş qiliş bölimi tezkor guruxi yetakçisining ratsiyasi "jonlandi".
"Mening yigitlarim qiziq narsa topdilar şekilli," – deya tahmin qildi izquvar.
Tezkor xodimning tahmini rost çiqdi. Butazor içida uning qöl ostidagilari qöllari kaftlarini topdilar. Qidiruv doirasi bir neçta uylargaça toraydi. Militsionerlar ikkinçi topilma joyiga eng yaqin bölgan ikkitasini örganib çiqişi kerak edi. Aynan şundan keyin xavf jinoiy qidiruv bölimi xodimlarida birinçi haqiqiy ilmoq paydo böldi.
Uşbu voqealar iştirokçilari sözlariga köra, jinoyatçi halokatli dalillardan qutulayotganda, ehtimol, juda mast bölgan va juda şoşgan bölişi mumkin. U qoldiqlarni olib ketgan qoplar eski va yirtiq bölgan. Tört qavatli bino yaqinidagi yölakda tergovçilar qonga öxşaş jigarrang doğlarni payqaşdi. Bu doğlardan iborat sezilarsiz yöl bir podʼezdga olib bordi. Şubha qolmadi: sovuqqon qotil şu uyda yaşardi. Tezkor guruh uçinçi qavatga kötarildi. Kvartiralardan birining eşigi tutqiçi qonga böyalgan edi ...
Uy egasini çaqirişga qilingan barça urinişlar muvaffaqiyatsiz böldi. Kvartira içi tinç edi. Şov-şuvga yoş qöşni qiz çiqdi va Mişa amaki keça mehmonlari bölganini aytdi. Keçasigaça bazm qilişdi, keyin hammasi tinçlandi.
"U keçagi bazmdan keyin uxlayotgandir", - dedi u.
Biroz maslahatlaşgaç, militsionerlar eşikni sindirişga qaror qildi. Yaxşiyamki, u baquvvat yigitlar uçun jiddiy tösiq bölmadi. Nozik yoğoç eşikka tiranib uni qulatib, militsionerlar kvartiraga kirib kelişdi. Xammomda svet yonib turardi. U yerda qonga burkangan plitkali polda, ehtimol jinoyat quroli - ulkan bolta yotar edi. Vannaning özida odam qoldiqlari yotardi. Ammo, maʼlum bölişiça, Amerika dahşat filmlari kabi bunday köriniş, faqat boşlanişi edi ...
Oşxonada gaz plitasida juda katta kastryulya turgan edi. Undan, keyinçalik aniqlanişiça, odam göşti pişirilgan. Yaqinida qovurilgan jigar bölaklari bölgan bir tova turardi. Stolda qölbola sihda yaqinda pişirilgan kabob yotardi. Ehtimol, qotil hamtovoğini öldirgandan keyin bazm uyuştirgan. Stol ostida bir neçta arzon aroq böş şişasi bor edi.
Barça xonalar tartibsiz edi. Ölarça mast uy egasi zalda iflos divan ustida uxlayotgan edi. Uydagi holat, u odam allaqaçon xayotidan voz keçib muammolardan şişada taskin topganligidan dalolat bergan. Bu dahşat içida yagona yorqin nuqta bu öyilib ketgan devorga osilgan, vaqtdan rangi öçgan ramkadagi yoş juftlikning xira fotosurati edi.
Tergovçilar mast odamni itarib yurib, uni maşinaga zörğa "yuklab" olib ketişdi.
- Ehtimol, u keçga yaqin huşiga keladi, şundan keyingina u bilan gaplaşa olişimiz mumkin. Hozir buni qiliş befoyda, deya meni ogohlantirişdi tergovçilar. "Agar tafsilotlarni bilmoqçi bölsangiz, yettiga yaqin keling".
Belgilangan vaqtda men öşa yerga keldim va tergovçilar "Bişkek odamxöri" deb nom bergan Mişa amaki hikoyasi intiqomini kutdim.
- Aftidan, "mijoz" öziga kela boşladi... Hozir soqçilar uni birinçi söroqqa olib keladi, işoning, bu eng qiyini. Siz burçakda ötiring va köp ham körinmang", - deb mendan iltimos qildi oper.
Köp ötmay, şafqatsiz qotillik va kannibalizmda gumon qilingan 48 yoşli Mixail Trutnev kabinetga kirdi. U odamning yuzi ança ğijimlangan edi, körinişidan qayerdaligini va undan nimani xohlaşayotganini anglamas edi. Tergovçilar, heç qanday oşiqça gap-sözsiz, barça qölga olingan dalillarni oldiga qöydilar.
- Vitalik menga 7000 dollar qarzi bor edi va qarzlarni esa, qaytariş kerak, - dedi mahbus zörğa.
- Keça u bilan ikkalamiz içib stol ustida ötirgan edik ... keyin kuraş boşlandi. Keyin nima bölganini eslay olmayman.
Trutnev "keçki ovqat" mavzusida gapirişdan qatʼiyan voz keçdi. Izquvarlar uni bir neça bor oçiqçasiga gapirişga urindilar, ammo gumondor nigohini olib qoçib, vaqtinça amneziya va boş oğriğiga işora qildi.
Tergovçilar marhumning şaxsini aniqladilar. Ikkinçi guruh nogironi, yaqin atrofda yaşovçi Vitaliy köngilçan va huşmuomala edi. Feʼlining bu hususiyatlaridan uning qotili köpinça foydalanar edi. Döstining puli paydo bölişi bilan, Mixail boşini aylantirar edi.
Trutnevning advokati mijozining hayotini saqlab qolişiga işongan. Hisob-kitob oson edi: sudyalar uni ruhiy kasal deb tan olişadi va uni majburiy davolanişga yuborişadi va şu bilan odamga najot topişga imkoniyat berişadi. Sud-psixiatriya ekspertizasi natijalari köpçilikni hayratda qoldirdi: ikki marta sinovdan ötgan Mixail jinoyatni mast, lekin aqli ravşan holatda qasddan sodir etgan deb tan olindi.
Trutnev psixiatrlar va tergovçi bilan odamxörlik mavzusini muhokama qilişdan qatʼiyan boş tortdi. "Bunday bölmagan, esimda yöq", - deb takrorlardi u. Sud uning aybini yengillaştiruvçi holatlarni topa olmagani sababli, ayblanuvçini ölim jazosiga hukm qildi. Qirğizistonda ölim jazosiga moratoriy joriy qilinganligi sababli, u umrbod qamoqqa jazolanganlar koloniyasiga yuborildi.









