FIFA prezidentligi uçun kuraşga tört nomzod çiqdi

FIFA prezidentligi uçun kuraşga tört nomzod çiqdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligiga nomzodlardan arizalar qabul qiliş bugun, 18 noyabrda yakunlanadi. Saylov 2027 yil 18 martda Marokaşning Rabot şahrida, FIFA 77-Kongressida ötkaziladi. Hozirga qadar tört kişi nomzodini qöyiş niyatini bildirgan.

Nomzod böliş uçun kamida beşta aʼzo assotsiatsiyaning qöllovi kerak. Bundan taşqari, sönggi beş yilning kamida ikki yilida FIFA, konfederatsiyalardan biri yoki milliy futbol assotsiatsiyasida futbolçi yoxud rasmiy şaxs sifatida işlagan böliş şart.

Nomzodlar kimlar

Amaldagi prezident Janni Infantino törtinçi muddatga saylanmoqçi. U 2016 yilda korruptsiya mojarosidan keyin isteʼfoga çiqqan Zepp Blatterning örniga kelgan, 2019 va 2023 yillarda raqobatsiz qayta saylangan. Iyul oyida The Guardian naşri aʼzo assotsiatsiyalarning aksariyati Infantinoni qöllaşini yozgan edi.

Keyin Jahon çempionatini ötkaziş huquqining bir qismini sotiş rejasi atrofida mojaro çiqdi, FIFA bu rejadan voz keçişga majbur böldi. UEFA FIFA turnirlarini boykot qilişga çaqirgan paytda Infantino uzr söradi. UEFA uzrni qabul qilmadi, lekin bu bayonot Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan munosabatni yumşatdi: dastlab uni tanqid qilgan OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa keyinçalik qöllab-quvvatlaşini aytdi. Afrika konfederatsiyasi (CAF) ham Infantinoni qöllaşda davom etmoqda.

Şveytsariya terma jamoasining sobiq sardori Ramon Vega nomzodini 7 oktyabrda eʼlon qildi. U taşkilotni isloh qiliş, obrösini tiklaş va futbolga işonçni qaytarişni maqsad deb atadi. Vega 2015, 2019 va 2023 yillarda ham kuraşga çiqqan, ammo zarur qöllov topolmagan.

Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo 16 noyabrda nomzodini eʼlon qildi. Uni UEFA Ijroiya qömitasi va FIFA Kengaşidagi Yevropa vakillari bir ovozdan qöllagan. UEFA tarkibida 55 ta milliy assotsiatsiya bor, şu sababli Diallo Infantinoing asosiy raqiblaridan biri bölişi kutilmoqda.

Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti va FIFA Kengaşi aʼzosi Kozo Tasima 5 noyabrda kuraşga çiqişini maʼlum qildi. Uning beşta milliy federatsiya qöllovi bor. U Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolçisi va FIFA prezidentligiga daʼvogar ilk yaponiyalik.

Ovoz beriş qanday ötadi

FIFAning 211 ta aʼzo assotsiatsiyasidan har biri mamlakati katta-kiçikligidan va futboldagi yutuqlaridan qatʼi nazar, bitta ovozga ega. Ikkitadan ortiq nomzod qatnaşsa, birinçi bosqiçda ğolib böliş uçun ovoz berişga haqli assotsiatsiyalarning kamida uçdan ikki qismi ovozi kerak.

Heç kim bunça ovoz töplay olmasa, keyingi bosqiçlarda eng kam ovoz olganlar navbatma-navbat çiqib ketadi. Jarayon ikki nomzod qolgunça davom etadi.

Teglar:
×