Xitoy Xalq Respublikasi Qozoğistonda qasddan tartibsizliklarni keltirib çiqarayotgan taşqi kuçlarga qatʼiy qarşilik körsatadi. Bu haqda mamlakat rahbari Si Tszinpinning Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevga yöllagan murojaatida aytilgan.
“Xitoy barqarorlikka putur yetkazuvçi va Qozoğiston xavfsizligiga tahdid soluvçi har qanday kuçlarga qatʼiy qarşi çiqadi”, degan Si Tszinpin öz murojaatida.
Şuningdek, XXR raisining qayd etişiça, mamlakat Xitoy-Qozoğiston döstligiga putur yetkaziş va ikki davlat örtasidagi hamkorlikka xalaqit beriş uçun qilingan har qanday urinişlarga qatʼiy qarşi.
“Xitoy Qozoğistonda qasddan beqarorlik keltirib çiqaradigan va rangli inqilobni qözğatayotgan taşqi kuçlarga qatʼiy qarşilik körsatadi”, deyiladi murojaatda.
Şu bilan birga murojaatda qardoş qöşni va özgarmas strategik şerik bölgan Xitoy Qozoğistonga zarur yordam körsatiş va qiyinçiliklarni yengib ötişda qölidan kelgan barça işni qilişga tayyorligi ham taʼkidlangan.









