Mirziyoyev bugun Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasiga boradi

Mirziyoyev bugun Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasiga boradi

Avvalroq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 7 yanvar kuni Şavkat Mirziyoyev "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga borişi rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi. 

“Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş, yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, davlat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi va DXX Akademiyasiga taşrif buyuradi”, deb yozadi Asadov. 

Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yilning 4 yanvarida ham qisqa muddatli taʼtilga çiqqan edi. 11 yanvar kuni taʼtildan qaytgan Prezident şu kuni Jizzax viloyatida Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib körgandi. 

×