«Samarqand yölida Fura yuk maşinasida yonğin çiqdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan FVVning munosabati

«Samarqand yölida Fura yuk maşinasida yonğin çiqdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan FVVning munosabati

Keça, 12 oktyabr kuni soat 23:38 da Samarqand viloyati Bulunğur tumani «Olmazor» MFYdan ötgan M-39 yölining 1048 km.da harakatlanayotgan «MAN» rusumli tirkamali yuk avtomaşinasida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yonğin soat 00:05 da qurşab olingan va soat 01:12 da öçirilgan. Maʼlumot uçun, eng yaqin yonğin öçiriş qismdan yonğin sodir bölgan manzilgaça masofa taxminan 18 km. ni taşkil etadi.

Yonğin natijasida yuk avtomaşinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna poliyetilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq.

Hozirda yonğin sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

×