Toşkentda tadbirkordan 311,6 mln sömlik kolbasa va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini olib, pulini bermagan xaridorga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 1977 yilda tuğilgan Nodir (ism özgartirilgan) Yaşnobod tumanidagi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi MÇJ rahbari hisoblanadi. Omborda yaroqlilik muddati tugab borayotgan mahsulotlar töplanib qolgani sababli ularni sotiş uçun yangi xaridor izlagan.
Şu payt korxonaga avval ham bir neça bor mahsulot xarid qilgan 1979 yilda tuğilgan Salim (ism özgartirilgan) murojaat qilgan. U 311 million 666 ming sömlik kolbasa va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini olib, pulini oyma-oy tölab borişini vaʼda qilgan.
Biroq xaridor qariyb bir yil davomida mahsulotlar uçun tölovni amalga oşirmagan. Natijada korxona rahbari Yaşnobod tumani Içki işlar organlariga murojaat qilişga majbur bölgan.
Mazkur holat yuzasidan T.Salimga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.









