Işga olinganlar sayyohlarni kutib oliş, 80 mingdan ortiq tabriknomaga muhr bosiş va pingvinlar sonini hisoblaş bilan şuğullanadi. Oylik maoş lavozimga qarab 1 449 funtdan 2 096 funtgaça böladi.
Buyuk Britaniyaning UK Antarctic Heritage Trust jamğarmasi Antarktidadagi Port-Lokroy stantsiyasida işlaş uçun yana xodimlar tanlaşni rejalaştirmoqda. Xodimlar sayyohlarni kutib oliş, otkritka va xatlarga muhr bosiş, şuningdek, pingvinlar sonini hisoblaş bilan şuğullanadi. Har yili jamoaga tört-beş nafar kişi saralab olinadi.
Manzil — Palmer arxipelagidagi Gude oroli. Bu yerda 1944 yilda Ikkinçi jahon uruşi davrida Britaniya harbiy bazasi sifatida taşkil etilgan Port-Lokroy joylaşgan. Baza 1962 yilda taşlab ketilgan va oradan qariyb 30 yil ötib qayta tiklangan. Bugun u Antarktika şartnomasi doirasida muhofaza qilinadigan tarixiy yodgorlik hisoblanadi.
Port-Lokroyda kiçik muzey, sovğalar dökoni va dunyoning eng janubiy faol poçta bölimi — Penguin Post Office mavjud.
Noyabr oyidan martgaça stantsiyaga ekspeditsiya kemalari orqali minglab sayyohlar taşrif buyuradi. Ayrim manbalarga köra, mavsum davomida ularning soni 10 mingdan 18 ming nafargaça yetadi.
Xodimlar sayyohlarga baza tarixini tuşuntiradi, sovğalar dökonini boşqaradi va har mavsumda 80 mingdan ortiq otkritkaga qölda muhr bosib, ularni saralaydi.
Işning eng muhim qismlaridan biri orolda yaşaydigan subantarktik pingvinlar koloniyasini kuzatişdir. UKAHT maʼlumotlariga köra, koloniyada taxminan 1 mingta pingvin bor va ular bu yerda 30 yildan ortiq vaqtdan beri köpayib kelmoqda.
Britaniya Antarktika tadqiqotlari xizmati (BAS) 1996 yildan buyon pingvinlarni muntazam kuzatib, ularning köpayiş muvaffaqiyati va turizm taʼsirini örganadi. Port-Lokroy Antarktidada olimlar butun köpayiş mavsumi davomida maʼlumot töplay oladigan yagona joy hisoblanadi.
Kuzatuvlar hayvonlarni imkon qadar bezovta qilmaslik tamoyili asosida olib boriladi. Uyalarning taxminan 95 foizida tuxum paydo bölgaç, xodimlar orol böylab umumiy sanoq ötkazadi. 2024 yil dekabrida 571 ta uya va 938 ta tuxum qayd etilgan.
Mavsum oxirida jöjalar sanalib, keyingi hisob-kitoblar orasidagi farq 10 foizdan kam bölgunça kuzatuv davom ettiriladi.
Maoş lavozimga qarab oyiga 1 449 funtdan 2 096 funtgaça — taxminan 1 700–2 500 yevroni taşkil etadi. Jamoada baza rahbari, dökon boşqaruvçisi va umumiy yordamçilar böladi.
Xodimlar özini özi band qilgan şaxslar sifatida işlaydi va soliqlarni mustaqil tölaydi. Taşkilot esa turar joy, ovqatlaniş va flis matosidan tayyorlangan kiyimlar bilan taʼminlaydi.
Nomzodlar kamida 18 yoşda bölişi kerak. Yuqori yoş çegarasi belgilanmagan, ilmiy maʼlumotga ega böliş ham talab etilmaydi.
Biroq jismoniy tayyorgarlik yaxşi bölişi şart. Kundalik vazifalar qor kuraş, sirpançiq qoyalar ustida kemalardan yuk tuşiriş va 15 kilogrammlik qutilarni kötarişni öz içiga oladi. Çekiş taqiqlangan.
Eng muhim talablardan yana biri — nomzod Buyuk Britaniyada istiqomat qilişi va mamlakatda işlaş uçun amaldagi ruxsatnomaga ega bölişi lozim.
Navbatdagi arizalarni qabul qiliş davri kelasi yil boşida jamğarmaning rasmiy saytida eʼlon qilinişi kutilmoqda. Işga qabul qiliş böyiça savollarni jobs@ukaht.org elektron manziliga yuboriş mumkin.









