Ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan pul berilişi mumkin

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan pul berilişi mumkin

Joriy yilning noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan bir martalik moddiy yordam ajratilişi mumkin. Bu haqda bugun, 13 oktyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni loyihasida söz boradi.

Unga köra, joriy yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 mln sömdan moddiy yordam ajratiladi. Yordam Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan çeklanmaydi. Reyestrga kirmagan, lekin “mahalla yettiligi” xulosasi asosida jon boşiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining (MIX) 2 baravaridan oşmaydigan oilalar ham qamrab olinadi. 

Şuningdek, markazlaşgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar uçun bu mezon viloyatlarda MIXning 2 baravari, Toşkent şahrida esa 3 baravari etib belgilanmoqda. Yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar reyestridagi fuqarolar, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalar yaşayotgan oilalar ham yordam oladi. Mablağ 2026 yil 30 noyabrga qadar ijtimoiy karta yoki bank kartalariga ötkaziladi.


Bundan taşqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya oliş uçun daromad mezoni MIXning 1,5 baravaridan 2 baravarigaça, kömir uçun yordam va “Sahovat va kömak” jamğarmasi orqali beriladigan yordam mezoni esa 1 baravaridan 2 baravarigaça oşiriladi. Elektr va tabiiy gaz böyiça kompensatsiya muddati 2028 yil 1 aprelgaça, kömir uçun yordam muddati 2029 yil 1 yanvargaça uzaytiriladi.

Islohotlarning yana bir yönalişi energiya xarajatlarining özini kamaytirişga qaratilgan. “Oğir” toifadagi mahallalarda davlat taʼminotidagi 3 mingta oila xonadonining devor va tomlarini izolyatsiya qiliş, energiya tejamkor deraza va eşiklar, quyoş panellari yoki geliokollektorlar örnatiş işlarini davom ettiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

Şuningdek, gazlaştirilmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin hududlarda isitiş mavsumida elektr energiyasining bazaviy meʼyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgaça oşiriladi. Qaror 2026 yil 1 noyabrdan kuçga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining boşqa bir qaror loyihasiga köra, 2026 yil 1 noyabrdan aholiga körsatiladigan markazlaşgan isitiş va issiq suv xizmatlari uçun yangi tariflar joriy etilişi kutilmoqda. Isitiş xizmatlari tariflarini 2030 yilgaça bosqiçma-bosqiç tannarx darajasiga yetkaziş közda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining yana bir qaror loyihasida aholi uçun suyultirilgan gazning çakana narxini 1 kg uçun 5 ming söm etib belgilaş taklif etilmoqda. Biroq bu ham bozor narxi emas: birja narxi bilan aholiga belgilangan narx örtasidagi farq va yetkazib beriş xarajatlari byudjetdan subsidiya sifatida qoplanadi. Ehtiyojmand oilalarga esa 2030 yil 1 yanvarga qadar har bir kilogramm suyultirilgan gaz uçun 3 ming sömdan, oyiga 20 kg gaça kompensatsiya tölanadi.


×