Dunyoda öta qaşşoqlikda yaşayotganlar soni 1,2 milliard nafarga yetdi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, UNDP va Oksford universitetining Qaşşoqlik va inson taraqqiyoti taşabbusi tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan joriy yilgi hisobotga köra, ötgan yilga nisbatan öta qaşşoqlikda yaşayotganlar soni 51,5 million nafarga köpaygan.
BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Aleksandr De Kru qaşşoqlikning ortişini dunyo uçun jiddiy ogohlantiriş deb atagan. Uning bildirişiça, 1,2 milliard kişi bir vaqtning özida oçlik, taʼlim oliş imkoniyatining çeklangani, toza suv va elektr energiyasi yetişmasligi kabi muammolarga duç kelmoqda. Hisobotga köra, öta qaşşoqlikda yaşayotganlarning yarmidan köpini bolalar taşkil etadi.
Şu bilan birga, BMT Taraqqiyot dasturi qayd etilgan ösişning muhim sabablaridan biri aholi sonining köpayişi ekanini bildirgan. Hisobot qamrab olgan 108 ta rivojlanayotgan davlatdan faqat 13 tasi böyiça yangi maʼlumotlar mavjud bölgan.
Hisobotda ijobiy natijalar ham qayd etilgan. Sönggi 15 yil içida 33 ta davlatda indeks mezonlari böyiça qaşşoqlikda yaşayotgan aholi uluşi ikki baravar kamaygan. Ular orasida Xitoy va Vetnam kabi Osiyo davlatlari ham bor. Biroq qaşşoqlikda yaşayotganlarning asosiy qismi hamon Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlari hamda Janubiy Osiyoda istiqomat qiladi.
Şuningdek, Misr, Nepal va Tojikistonda köp ölçovli qaşşoqlik darajasi ham, undan aziyat çekayotganlar soni ham sezilarli kamaygan. Angola va Zambiyada esa qaşşoqlik darajasi pasaygan bölsa-da, aholi sonining tez ösişi sababli qaşşoqlikda yaşayotganlar soni ortgan.









