Amnesty International tomonidan ötkazilgan yangi tahlillar dunyoda tibbiyot xodimlarining kamida 7000 nafari COVID-19’dan vafot etganini körsatdi. Birgina Meksikaning özida kamida 1320 nafar soğliqni saqlaş xodimi vafot etgani tasdiqlangan. Bu hozirgi kungaça barça mamlakatlar orasida maʼlum bölgan eng yuqori körsatkiçdir.
Şuningdek, butun pandemiya davomida koronavirusga çaliniş va undan vafot etiş darajasi yuqoriligiça qolayotgan AQŞ (1077) va Braziliya (634) soğliqni saqlaş xodimlari orasida ham ölim holati köpligi qayd etilgan. Sönggi oylarda infektsiyaga çaliniş darajasi keskin kötarilgan Janubiy Afrika (240) va Hindistondan (573) olingan maʼlumotlar ham xavotir uyğotmoqda.
«Özgalar hayotini saqlab qolişga uringan yetti mingdan ortiq odamning ölimi — bu katta miqyosdagi yöqotiş. Har bir tibbiyot xodimi iş joyida xavfsizlik huquqiga ega», — degan Amnesty International’ning iqtisodiy va ijtimoiy adolat rahbari Stiv Kokbern.
Uning taʼkidlaşiça, «Barça tibbiyot xodimlari öz hayotlarini xavf ostiga qöymasdan öz işlarini davom ettirişlari uçun tegişli himoya vositalari va jihozlar bilan taʼminlaş imkoniyatini beruvçi global hamkorlik zarur».
Maʼlumot uçun, Amnesty International — Inson huquqlari böyiça xalqaro harakat. Dunyoning turli davlatlaridan unga aʼzo bölgan 8 million kişi 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan barça inson huquqlarini himoya qiliş uçun kuraşadi.









