Bloger Abduqodir Möminov hibsga olindi

Bloger Abduqodir Möminov hibsga olindi

Bloger Abduqodir Möminov hibsga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 165-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBBga fuqaro E.Z. ariza bilan murojaat qilib, blogerlik bilan şuğullanuvçi Abduqodir Möminov ismli şaxsning harakatlariga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

“Abduqodir Möminov 2021 yilning oktyabr oyida tanqidiy videolavhalar tayyorlaş va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş orqali fuqaro E.Z.ning ukasi D.Yu.ning nomiga rasmiylaştirilgan MÇJ bilan boğliq holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov bölimi iş yurituvidagi jinoyat işini ijobiy hal etişga IIB xodimlarini göyoki majbur qila olişini aytib, şu orqali E.Z.ning işonçiga kirib, özining xizmatlari uçun jami 10 000 AQŞ dollarini sörab, şundan 3 800 AQŞ dollarini oldindan olgan. Lekin u bergan vaʼdasini bajarmay, olgan pullarni öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan. 
Bundan taşqari, 2021 yilning oktyabr oyida Abduqodir Möminov Jizzax viloyatida fuqaro A.T. bilan uçraşib, uning rahbarligi ostidagi taşkilot töğrisida salbiy yösinda videolavha tayyorlaganini, uşbu materialni özining “Közgu” nomli ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali tarqatadigan bölsa, taşkilot rahbariyatiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olinişini aytib, A.T.ni öz mulkini berişga majbur qiladigan şaroitga solib, A.T.dan uşbu maʼlumotlarni sir saqlaşi uçun 70 000 AQŞ dollari söragan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, fuqaro A.T. öz körsatuvlarining tasdiği sifatida Ayuduqodir Möminov bilan örtasidagi sözlaşuvlar audio yozuvini taqdim etgan va unga nisbatan qonuniy çora körişlikni söragan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Abduqodir Möminovga nisbatan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”), 165-moddasi (“Tovlamaçilik”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. A.Muminov protsessual tartibda uşlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.


×