Apple kompaniyasining eng kuçli kompyuteri rekord örnatdi

Apple kompaniyasining eng kuçli kompyuteri rekord örnatdi

Apple kompaniyasining M1 Ultra çipi Geekbench testida 24 000 ball töpladi va rekord örnatdi. Bu haqda 9to5mac naşri xabar bermoqda.

Entuziastlar 8 mart kuni eʼlon qilingan yangi Apple Mac Studio kompyuterini sinovdan ötkazişdi. Bir yadroli sinovda M1 Ultra protsessori 1747 ball oldi. Köp yadroli rejimda apparat 24 055 ball töpladi.

Mualliflar M1 Ultradagi Mac Studioni Apple tarmoğidagi eng kuçli kompyuter deb hisoblaşdi. Avvalgi rekordçi – 28 yadroli Intel Xeon W–3275M protsessoriga asoslangan Mac Pro sinovda 19 951 ball olgan edi. Şunday qilib, Amerika brendining yangi kompyuteri Mac Prodan taxminan 20 foizga samaraliroq bölib çiqdi.

«Raqamlar, albatta, hayratlanarli, çunki Mac Studio Mac Proga qaraganda ança kiçikroq va samaraliroq, ammo bu M1 Ultra çipi Mac Studioni barça jihatlarda Mac Prodan yaxşiroq ekanligini anglatmaydi», – dedi ular. Şu bilan birga, jurnalistlar 2022 yil oxirigaça Apple özining ARM protsessoriga asoslangan Mac Proni taqdim etişi mumkinligini taxmin qilişdi.

8 mart kuni bölib ötgan Apple taqdimotida kompaniya vakillari M1 Ultra 20 ta yadroga ega ekanligini taʼkidladilar.

×