Namanganda öquvçini Damas urib yubordi

Namanganda öquvçini Damas urib yubordi

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi 65-maktab öquvçisini Damas rusumli avtomobil urib yubordi. Buning ortidan masʼul xodimlarga intizomiy çoralar körildi. Bu haqda viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 2 oktyabr kuni sodir bölgan. Ingliz tili fani öqituvçisi dars tugaşiga 10 daqiqa qolganida sinfni tark etgan. Oqibatda uç nafar öquvçi maktab hududidan çiqib ketgan.

Soat 15:20 atrofida öquvçilardan biri suv oliş uçun yölning qarama-qarşi tomoniga ötgan. Qaytiş vaqtida uni Damas rusumli avtomobil urib yuborgan. Jarohatlangan öquvçiga tibbiy yordam körsatilgan.


Bildirilişiça, holat yuzasidan ötkazilgan örganiş natijalariga köra, sinf rahbari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Öquv işlari böyiça direktor örinbosariga ogohlantiriş berilgan, ingliz tili öqituvçisiga esa hayfsan intizomiy jazosi qöllanilgan.

“Öquvçilar hayoti va salomatligini muhofaza qiliş, ularning xavfsizligini taʼminlaş har bir taʼlim muassasasi rahbari va pedagog xodimining ustuvor vazifasidir. Bu boradagi masʼuliyatni lozim darajada bajarmaslik holatlariga nisbatan belgilangan tartibda qatʼiy çoralar köriladi”, deyiladi munosabatda.


Teglar:
×