Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida mehmon bölib turgan bloger Mr Beast’ning transport vositasi YTHga uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, bloger Mr Beast poytaxtda bölgan vaqtida u harakatlanayotgan transport vositasi heç qanday YTHga uçramagan va aksinça, harakat vaqtida mazkur transport vositasi doimiy kuzatuv ostida. Blogerdan bu haqda söralganda, transport vositasi Hindistonning Dehli şahrida şikastlanganini aytgan.
“Şu örinda ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, MrBeast nomi bilan tanilgan amerikalik bloger Jimmi Donaldson Özbekistonda Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi taşabbusi bilan taşkil etilgan ommaviy tadbir doirasida Toşkentda bölib turibdi.
MrBeast YouTube’dagi yirik byudjetli videolari, turli musobaqalari va katta pul mukofotlari bilan tanilgan. Uning kanallariga jami 500 milliondan ortiq foydalanuvçi obuna bölgan. Bloger, şuningdek, xayriya loyihalari bilan ham şuğullanadi.









