Maşhur YouTube-bloger MrBeast Toşkentdagi tadbirda iştirok etadi

Maşhur YouTube-bloger MrBeast Toşkentdagi tadbirda iştirok etadi

MrBeast nomi bilan maşhur bölgan amerikalik bloger Jimmi Donaldson Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi taklifiga binoan Özbekistonga keladi. U 9 oktyabr kuni Toşkentda bölib ötadigan tadbirda qatnaşadi.

Tadbirda Toşkentdagi uçraşuvda şaxsan qatnaşa oladigan 18 yoşdan oşgan şaxslar iştirok etişi mumkin.

Tadbirga kiriş bepul. Iştirokçilar röyxatdan ötganlar orasidan kompyuter orqali tasodifiy saralaş tizimi yordamida tanlab olinadi.

Maʼlum qilinişiça, har bir şaxs bitta tasdiqlangan mobil telefon raqami va bitta amaldagi pasportdan foydalangan holda bir marta röyxatdan ötişi mumkin. Boşqa şaxs nomidan röyxatdan ötişga yöl qöyilmaydi.

Saralaşdan söng joy faqat tanlangan iştirokçiga biriktiriladi. Mehmonlar yoki ularga hamroh şaxslarning iştirok etişiga ruxsat berilmaydi. Joylarni sotiş, berib yuboriş yoki almaştiriş mumkin emas. Agar joy sotuvga qöyilsa, u bekor qilinadi.

Röyxatdan ötiş 6-8 oktyabr kunlari davom etadi.


×