Namangan viloyatining Davlatobod tumanida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlab, Telegram orqali sotgan şaxs uşlandi. Bu haqda Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 26 sentyabr kuni viloyat IIB va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tezkor tadbir davomida Davlatobod tumani Yuksaliş mahallasida şartli xaridorga 2 mln söm evaziga 5 gramm oğirlikdagi kristall körinişidagi sintetik giyohvandlik vositasini sotayotgan şaxs qölga olingan.
Şundan söng, uning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Natijada u yerda noqonuniy narkolaboratoriya taşkil etilgani aniqlangan. Xonadondan jami 300 gramm, yaʼni taxminan 30 ming dozaga teng sintetik giyohvandlik vositasi, 11 dona giyohvandlik moddasini isteʼmol qiliş moslamasi, elektron tarozilar, 500 dona zip-paket, giyohvandlik vositalarini Telegram orqali sotişda foydalanilgan telefon hamda savdodan tuşgan 5 ming dollar pul mablaği va boşqa aşyolar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi va 276-1-moddasi (Ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









