Eşakni «Spark»da sudrab şahar aylantirgan şaxs qölga olindi

Eşakni «Spark»da sudrab şahar aylantirgan şaxs qölga olindi

Toşkent köçalarida haydovçi eşakni “Spark”ga  boğlab jonivorni azoblab sudrab ketayotgani haqidagi video tarqaldi.

Uşbu holatni yon-atrofda transport vositasini boşqarib kelayotgan haydovçilar körib qolgan va suratga olgan. Voqeaga guvoh bölganlardan biri telefon kamerasiga tasvirga olingan videoni ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

Tarmoq kuzatuvçisi bölgan ayol bu videoni “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qiliş jamiyati nodavlat taşkilotiga yubordi.

NNT esa bu ayançli holat böyiça suriştiruv olib borişni sörab, Toşkent şahar IIBBga murojaat qildi. Şu tariqa IIBB xodimlari ham bu zöravonlik holatiga eʼtibor qaratişdi.

Jonivorlarga nisbatan johillik bilan munosabatda böliş holatlarida aybdorlar Özbekiston Respublikasi maʼmuriy kodeksining 111 moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Qolaversa amaldagi Yöl harakati qoidalarida ham bunga nisbatan muayyan javobgarlik belgilangan.

Hozirda jonivorga azob bergan haydovçining şaxsi aniqlangan, suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×