2023 yilda dunyo böyiça örtaça umr köriş davomiyligi 73,3 yoşga yetdi va COVID-19 pandemiyasidan oldingi darajaga deyarli qaytdi. Pandemiyadan oldin, 2019 yilda örtaça umr köriş davomiyligi 73,4 yoşni taşkil etgan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2000 yildan 2023 yilgaça bölgan davrni qamrab olgan yangi global baholaşlarida keltirilgan.
Qayd etilişiça, barça ölim sabablari orasida yuqumli bölmagan kasalliklarning uluşi ortişda davom etmoqda: agar 2000 yilda ularning hissasiga ölim holatlarining 58 foizi töğri kelgan bölsa, 2023 yilga kelib bu körsatkiç 74 foizni taşkil etgan.
Şu bilan birga, soğlom umr köriş davomiyligi körsatkiçi sekinroq tiklanmoqda. 2023 yilda u 62,8 yoşni taşkil etgan – bu 2019 yilgi darajadan 0,4 yilga kam degani. Uşbu körsatkiç nafaqat umr köriş davomiyligini, balki salomatlikni çeklaydigan kasalliklar va jarohatlarsiz yaşab ötilgan yillarni ham hisobga oladi.
Umr köriş davomiyligining oşişi fonida surunkali kasalliklarning roli sezilarli darajada ortgan. Altsgeymer kasalligi va dementsiyaning boşqa şakllari 2000 yildagi 19-örindan kötarilib, 2023 yilda ilk bor dunyodagi asosiy ölim sabablarining kuçli beşligiga kirgan. Uşbu davr mobaynida dementsiya bilan boğliq ölim holatlari soni uç baravarga ortgan.
Ruhiy buzilişlar bilan boğliq vaziyat ham özgarmoqda. 2019 yildan 2023 yilgaça bölgan davrda depressiv buzilişlar bilan boğliq kasalliklar yukining global körsatkiçi taxminan 20 foizga, taşvişli buzilişlar bilan boğliq körsatkiç esa qariyb 45 foizga oşgan. Ular birgalikda barvaqt ölim va nogironlik sababli 2023 yilda qariyb 110 million yillik soğlom hayotning yöqotilişiga olib kelgan.









