Nega ayrim odamlar heç qaçon koronavirusga çalinmagan?

Nega ayrim odamlar heç qaçon koronavirusga çalinmagan?

Uzoq davom etgan koronavirus pandemiyasi davrida baʼzi odamlar heç qaçon COVID 19 ga çalinmadi. Olimlar burundagi immun hujayralarining reaktsiyasi va erta ogohlantiruvçi genning faolligi bunga sabab bölganini aytmoqda. Ularning tadqiqoti haqida The Guardian xabar berdi.


Britaniyalik olimlar guruhi 2021 yil pandemiya avjida bölgan davrda tajriba ötkazgan. COVIDga çalinmagan va emlanmagan 36 nafar soğlom katta yoşli köngillilarga burun orqali virusning past dozasi yuborilgan. 16 kişida qon va burun şilliq qavatidagi immun hujayralarining faolligi kuzatilgan. Natijada, köngillilar uç guruhga bölingan:

  1. Olti kişida infektsiya qayd etilib, ular kasallikka çalingan;
  2. uç kişida koronavirusga topşirgan test natijalari vaqtinçalik ijobiy bölgan;
  3. yettita testda salbiy natija kuzatilgan, ular rivojlangan immunitetga ega bölgan.

Ikkinçi va uçinçi guruhdagi odamlarda, hatto COVID yuqitirilişidan oldin ham, HLA-DQA2 deb nomlangan genning yuqori faolligi qayd etilgan. Bu immunitet tizimiga xavf haqida signal beruvçi hujayralarda kuzatilgan.

Olimlar HLA-DQA2 faolligi yuqori bölgan odamlar koronavirusga nisbatan samaraliroq immunitetga ega bölişi mumkin degan xulosaga kelgan. Biroq, ularda mutlaq immunitet kuzatilmagan, sababli ayrim köngillilar tadqiqotdan keyin virusni yuqtirgan.

Teglar:
×