Bugun tarixda ilk bor özbekistonlik qiz UFC musobaqasida iştirok etadi

Bugun tarixda ilk bor özbekistonlik qiz UFC musobaqasida iştirok etadi

Bugun, 24 oktyabr kuni yilning eng şov-şuvli jangi ötadigan Abu-Dabidagi navbatdagi UFC 254 musobaqasida özbekistonlik jangçi Liliya Şakirova özining debyutini ötkazadi. 

Liliya MDH va Xitoyda köplab musobaqalarida qatnaşgan: W.A.R.S, Fight night Global, GFC. Uning hozirgi rekord körsatkiçi 8-1 va bir yildan beri u oktagonga çiqqani yöq.  Sportçi ketma-ket uçta ğalabani qölga kiritdi, şundan 2 tasida u texnik nokaut bilan ğalaba qozondi. 

U flyweight divizionida Valentina Şevçenko boşçiligidagi uç vazn toifasida debyut qiladi. Liliya uçun bölajak jang oson yuriş bölmaydi: uning raqibi Loren Myorfi 4-örinni egallab turibdi. U AQŞdan kelgan tajribali jangçi, bu jang uning uçun 18-si böladi. Loren 37 yoşda va UFC’da 9 ta jang ötkazgan. Jiddiy yoşiga qaramay, Loren juda faol, bu uning 2020 yildagi uçinçi jangidir. U sönggi jangni iyul oyida ötkazdi.

Eslatib ötamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli" da UFC 254 musobaqasi ötkaziladi.Turnirning asosiy voqeasi Nurmuhamedov va Getji örtasidagi jang bölişi kutilmoqda. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli jang tomoşabinlarsiz ötkaziladi.

×