Bugun, 26 oktyabr kuni Latviyaning Riga şahrida 2021-2023 yilgi şaxmat böyiça Jahon çempionati saralaş bosqiçining bir qismi bölgan “Grand Swiss Tournament” musobaqasi boşlandi.
Jahon çempionatiga saralaş musobaqasida Özbekiston şarafini 4 nafar grossmeyster – Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Şamsiddin Vohidov himoya qilyapti.
Turnir butun dunyo böylab 114 nafar eng kuçli şaxmatçilar örtasida şveytsarça tizimda ötkaziladi. Bundan taşqari Fabiano Karuana, Levon Aronian, Alirizo Firuzja kabi FIDE reytingi yetakçilari ham ğoliblik uçun kuraş olib boryapti. Turnir startidan bir hafta oldin Xikaru Nakamura, Vidit Gujrati, Aleksandr Grişuk, Şahriyar Mamediyarov va Riçard Repport Latviyada koronavirus bilan boğliq vaziyat tufayli iştirok etmasligini maʼlum qildi.
Eslatib ötamiz, Bahslarga ertaga, 27 oktyabr kuni start beriladi. 11 turdan iborat musobaqa 8 noyabrga qadar ötkaziladi va uning umumiy sovrin jamğarmasi 425 000 AQŞ dollaridan iborat.
Maʼlumot uçun, musobaqada Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Husan Turdaliyev hakam sifatida iştirok etadi.









