Majburiy ijro byurosi sud va boşqa organlar hujjatlarini ijro etib, davlat va fuqarolar manfaatini taʼminlaydi. Bu esa gohida oson keçmaydi. Ayniqsa, qarzdorliklarni undiriş maqsadida borgan davlat ijroçilari faoliyatiga qarşilik körsatiş holatlari ham uçrab turadi.
MIB Namangan viloyat boşqarmasi xabar berişiça, joriy yilning 13 aprel kuni Byuroning Çust tuman bölimi davlat ijroçilari J.N. ning xonadoniga fuqaro foydasiga 42,1 mln. söm qarzdorlikni undiriş maqsadida borişadi. Biroq, qarzdor majburiyatini bajariş örniga, davlat ijroçilari faoliyatiga keskin qarşilik körsatib, ularni haqoratlaydi. Ustiga- ustak uydan çiqarib yuboriş maqsadida janjal kötaradi. Davlat ijroçilarining birini yuz qismiga, birini esa kökrak qismiga jarohat yetkazadi. Holat böyiça J.N.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat işi qözğatiladi.
Yaqinda jinoyat işlari böyiça Çust tuman sudida mazkur holat körib çiqildi. Sud jarayonlarida barça holatlar öz isbotini topib, J.N. jinoyat kodeksning tegişli moddasi bilan 3 yil-u, 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.









