Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida soliq inspektsiyasining uç nafar xodimi 97 nafar soliq tölovçidan 122,6 mln sömni olib, özlaştirgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Qarşi şahar soliq inspektsiyasi davlat soliq boş inspektorlari M.A., Ş.T. va boşqalarning faoliyati örganilgan.
Aniqlanişiça, ular 97 nafar soliq tölovçidan göyoki soliq qarzdorligini söndiriş maqsadida jami 122,6 mln söm olgan. Biroq mazkur mablağlar soliq tölovçilarning şaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmasdan, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









