Qaşqadaryoda uç kişini yaşin urdi. Qurbon bor

Qaşqadaryoda uç kişini yaşin urdi. Qurbon bor

Bugun, 9 mart kuni soat 11:45 da Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo şaroiti natijasida 3 nafar fuqaroni yaşin urdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Voqea oqibatida bir fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam körsatilib, ambulator davolanişga ruxsat berilgan. Ikkinçi fuqaroga tuman tibbiyot birlaşmasida malakali tibbiy yordam körsatilmoqda.

Maʼlumot uçun, Qaşqadaryoda bugun noodatiy ob-havo kuzatilmoqda. Viloyatga quyuq bulut kirib kelgan va joylarda momaqaldiroq bölmoqda.

×