“Navbahor” futbolçisi BMW’da kurerni urib yubordi (video)

“Navbahor” futbolçisi BMW’da kurerni urib yubordi (video)

29 sentyabr kuni futbol böyiça Qirğiziston milliy terma jamoasi va Namanganning “Navbahor” klubi hujumçisi Joel Kojo Bişkekda kurerni urib yubordi. Bu haqda Bişkek şahar Milliy xavfsizlik va yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi Manas köçasi va Jibek Jolu şohköçasi kesişmasida sodir bölgan. BMW rulida futbolçining özi bölgan. Kurer tirik qolgan, u şifoxonaga olib borilgan.

“BMW jarima maydonçasiga joylaştirildi”, deyiladi xabarda. 


Bildirilişiça, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Maʼlumot uçun, Ganada tuğilgan 28 yoşli futbolçi Kojo Samarqandning “Dinamo” klubidagi öyinlari bilan özbekistonlik muxlislarga taniş. U 2025 yilning boşida “Dinamo”dan Eronning “Istiqlol” jamoasiga borib qöşilgan edi. Ötgan yilning iyul oyida u Özbekistonga qaytib, ijara asosida “Neftçi” safida öynadi. Joriy yilning avgustida esa erkin agent sifatida Namanganning “Navbahor” jamoasiga borib qöşildi.


Teglar:
×