Özbekistonlik MMA jangçisi Ramazon Temirov UFC yengil vazn toifasi çempioni Joşua Vangga qarşi navbatdagi jang uçun daʼvogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “UFC Europe” naşri xabar berdi.
Naşr UFC 331 turnirida braziliyalik Aleksandr Pantoja ustidan ğalaba qozongan Vangning keyingi raqibiga bağişlangan anʼanaviy keyingi raqibni tanlaşga bağişlangan anʼanaviy rukni eʼlon qilindi.
Unda uçta ehtimoliy variant keltirilgan. Şulardan biri Loneyr Kavanag va Ramazon Temirov örtasidagi bölajak jang ğolibi hisoblanadi. Qolgan ikki nomzod sifatida Manel Kape va Brendon Royval körsatilgan.
Temirov ertaga, 24 oktyabr kuni Kavanagga qarşi jang qiladi. Ayni vaqtda özbekistonlik jangçi UFC’ning yengil vazn toifasidagi rasmiy reytingida yettinçi, Kavanag esa oltinçi örinda bormoqda.
Temirov sönggi jangini joriy yilning 25 iyul kuni ötkazgan va unda Stiv Ertsegni birinçi raundda nokautga uçratgan. Bu ğalaba özbekistonlik jangçining professional faoliyatidagi ketma-ket 12-ğalabasi bölgan.









